Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DAVLAT BYDJETINING GʻAZNA IJROSI TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 28-FEVRALDAGI PQ-594-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-iyun,
129-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizom III boʻlimining 5-bandidagi “moliya organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 26-27-son, 250-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 51-modda):
a) 2-ilovada:
10-banddagi “xarajatlar guruhiga boʻlmasdan bitta summa bilan” soʻzlari “belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. BTSYO qishloq muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni toʻlash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hisobot yilining oxirida BTSYO muassasalari hisob raqamlarida qolgan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi”;
b) 3-ilovada:
9-banddagi “xarajatlar guruhi boʻyicha boʻlmasdan bitta summada” soʻzlari “belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. BTSYO SHE muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni toʻlash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
14-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 263-modda; 2008-y., 26-27-son, 250-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)