Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonun matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
173-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 263-modda)