Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-mart,
121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga 1-ilova III boʻlimining 8-bandi birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
b) 2-ilovada:
“Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunining uchinchi pozitsiyasidagi “Biznes-fond” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi pozitsiyadagi “Organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Budjetdan tashqari jamgʻarmalar”;
v) 3-ilovada:
11-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda):
a) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Biznes-fond”ning davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan kredit resurslarining kamida 50 foizi, shuningdek” hamda “mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 5-banddagi “Biznes-fond va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarorining 5-bandidagi “Biznes-fond”ga” soʻzlari “Oʻztadbirkorbank”ka soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi., 112-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)