Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 16.03.2004 yildagi PF-3407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 16.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KINEMATOGRAFIYA SOHASIDA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda erkin demokratik jamiyat barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan oʻzgarish va yutuqlarni, milliy istiqlol gʻoyasining mazmun-mohiyatini kino sanʼati vositasida badiiy aks ettirish, kinematografiya sohasining xalqimiz hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi oʻrni va taʼsirini kuchaytirish, gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, uni hozirgi zamon talablari asosida yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston kinoarboblari birlashmasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashining “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzbekkino” Milliy agentligi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Oʻzbekkino” Milliy agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino sanʼatining milliy madaniyatni rivojlantirish, jamiyat maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu sohani umumbashariy va milliy qadriyatlar uygʻunligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino sanʼatida, kino-videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona va kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qullab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy kino sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kinematografchilarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat filmlar fondi faoliyatini bugungi kun talablari negizida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinofilmlar yaratish va ularni namoyish etish tizimini tanlovlar tashkil etish orqali takomillashtirish va qayta texnik jihozlash, aholiga kino-video xizmat koʻrsatish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqlari himoyalangan kino va video mahsulotlarini noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirishga, ulardan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish, respublika hududida kino va videofilmlar koʻrsatish va ulardan texnik jihatdan foydalanishning qoidalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinematografiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilot va kino ijodkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, milliy kino sanʼatini xalqaro kinofestivallarda namoyish etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Qoraqalpoqkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qoraqalpoqkino” agentligi etib hamda “Kino-video” hududiy aksiyadorlik birlashmalari “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tegishli hududiy boʻlimlari etib qayta tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino va videomahsulotlarini ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va prokat boʻyicha faoliyat turlariga litsenziyalar berish, ularning amal qilishini tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashining xulosasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash sohasidagi ishchi organi vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 29-apreldagi “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-1427-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3407-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 126-modda)