Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 22.12.1995 yildagi 172-I-son
Кучга кириш санаси
29.12.1995
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 07.02.2019 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARI TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARI TOʻGʻRISIDA |
I. UMUMIY QOIDALAR | I. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Qonunning vazifalari | 1-modda. Qonunning vazifalari |
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi. | Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi. |
2-modda. Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari | 2-modda. Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning oʻz qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, toʻxtatiladi, toʻxtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning oʻz qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, toʻxtatiladi, toʻxtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qatʼi nazar, Oʻzbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qatʼi nazar, Oʻzbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qoʻllaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim boʻlgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritadilar. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim boʻlgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritadilar. |
3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi | 3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir. |
4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari | 4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari |
Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday koʻrinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin. | Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday koʻrinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin. |
Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar boʻladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar boʻlishi, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz boʻladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin. | Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar boʻladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar boʻlishi, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz boʻladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin. |
5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli | 5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi. |
Xalqaro shartnoma subyektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan boʻlsa, u ushbu shartnoma matnida koʻrsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi. | Xalqaro shartnoma subyektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan boʻlsa, u ushbu shartnoma matnida koʻrsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi. |
Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi. | Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi. |
6-modda. Xalqaro shartnoma obyekti | 6-modda. Xalqaro shartnoma obyekti |
Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin. | Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin. |
7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi | 7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi: | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi: |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar; | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar; |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar; | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar; |
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar. | Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar. |
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh VA ULARNI KUChGA KIRITISh TARTIBI | II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh VA ULARNI KUChGA KIRITISh TARTIBI |
8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar | 8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. |
Boshqa vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar. | Boshqa vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar. |
Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi. | Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi. |
Xalqaro shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat boʻlganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni oʻz ichiga olishi kerak. | Xalqaro shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat boʻlganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni oʻz ichiga olishi kerak. |
Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki koʻrib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi. | Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki koʻrib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi. |
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar | 9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar |
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi. | Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi. |
Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar. | Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar. |
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish tartibi | 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish tartibi |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi. |
11-modda. Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar | 11-modda. Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar |
Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar: | Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi. | 3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi. |
12-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari | 12-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari |
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari: | Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda beriladi. | 3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda beriladi. |
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari belgilangan yozma shaklda beriladi. | Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari belgilangan yozma shaklda beriladi. |
13-modda. Maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash | 13-modda. Maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻi sifatida xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va xalqaro huquqiy normalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi. | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻi sifatida xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va xalqaro huquqiy normalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi. |
Tashqi ishlar vaziri ham maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli. | Tashqi ishlar vaziri ham maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshligʻi diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida muzokaralar olib borishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshligʻi diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida muzokaralar olib borishga haqli. |
Vazir yoki idora rahbari oʻz vakolati doirasida maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli. | Vazir yoki idora rahbari oʻz vakolati doirasida maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli. |
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari | 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinadi. |
Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasining hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalari; davlatlararo munosabatlarning asoslari toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar boʻyicha shartnomalar; kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan oʻzaro voz kechish toʻgʻrisidagi shartnomalar; tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlarda, xalqaro tashkilotlarda va boshqa birlashmalarda ishtiroki toʻgʻrisidagi shartnomalar; ijrosi amaldagi qonunlarning oʻzgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini taqozo etadigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi. | Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasining hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalari; davlatlararo munosabatlarning asoslari toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar boʻyicha shartnomalar; kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan oʻzaro voz kechish toʻgʻrisidagi shartnomalar; tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlarda, xalqaro tashkilotlarda va boshqa birlashmalarda ishtiroki toʻgʻrisidagi shartnomalar; ijrosi amaldagi qonunlarning oʻzgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini taqozo etadigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi. |
Tuzish vaqtida tomonlar kelgusida uni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida kelishib olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ham xuddi shunday ratifikatsiya qilinadi. | Tuzish vaqtida tomonlar kelgusida uni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida kelishib olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ham xuddi shunday ratifikatsiya qilinadi. |
Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini ham ratifikatsiya qilishi mumkin. | Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini ham ratifikatsiya qilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki u vakolat bergan organlar tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zayom va kafolatli shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki u vakolat bergan organlar tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zayom va kafolatli shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. |
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar | 15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor boʻlsa, ular bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor boʻlsa, ular bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. |
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida Oliy Majlisning qarori | 16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida Oliy Majlisning qarori |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oliy Majlisning toʻxtami — qaror shaklida qabul qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oliy Majlisning toʻxtami — qaror shaklida qabul qilinadi. |
17-modda. Ratifikatsiya yorligʻi | 17-modda. Ratifikatsiya yorligʻi |
Ratifikatsiya yorligʻi — Oliy Majlis xalqaro shartnomani koʻrib chiqqanligidan guvohlik beruvchi va xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiyligiga rozi ekanligini ifodalovchi maxsus hujjat. | Ratifikatsiya yorligʻi — Oliy Majlis xalqaro shartnomani koʻrib chiqqanligidan guvohlik beruvchi va xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiyligiga rozi ekanligini ifodalovchi maxsus hujjat. |
Ratifikatsiya yorligʻining shakli Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Ratifikatsiya yorligʻining shakli Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. |
18-modda. Ratifikatsiya yorligʻini imzolash | 18-modda. Ratifikatsiya yorligʻini imzolash |
Ratifikatsiya yorligʻi Oliy Majlisning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va Tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi. | Ratifikatsiya yorligʻi Oliy Majlisning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va Tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi. |
19-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlashga topshirish | 19-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlashga topshirish |
Ratifikatsiya yorliqlarini almashish, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilganligi toʻgʻrisidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yohud uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi. | Ratifikatsiya yorliqlarini almashish, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilganligi toʻgʻrisidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yohud uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi. |
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash (qabul qilish) | 20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash (qabul qilish) |
Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin ularning tasdiqlanishini (qabul qilinishini) nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalarni tasdiqlash (qabul qilish): | Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin ularning tasdiqlanishini (qabul qilinishini) nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalarni tasdiqlash (qabul qilish): |
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. | 3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. |
21-modda. Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish | 21-modda. Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qaror: | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qaror: |
1) ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oliy Majlis tomonidan; | 1) ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oliy Majlis tomonidan; |
2) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 2) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
3) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; | 3) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan; |
4) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi. | 4) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi. |
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi | 22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini u kuchga kirgunga qadar vaqtincha qoʻllashi mumkin, agar shartnomada bu hol nazarda tutilgan boʻlsa yoki shartnomani imzolagan tomonlar bilan shunday shartlashuvga erishilgan boʻlsa. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini u kuchga kirgunga qadar vaqtincha qoʻllashi mumkin, agar shartnomada bu hol nazarda tutilgan boʻlsa yoki shartnomani imzolagan tomonlar bilan shunday shartlashuvga erishilgan boʻlsa. |
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror chiqargan organ tomonidan qabul qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror chiqargan organ tomonidan qabul qilinadi. |
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kirishi va amal qilish muddati | 23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kirishi va amal qilish muddati |
Xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kiradi. | Xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kiradi. |
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qoʻshimcha shartlar | 24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qoʻshimcha shartlar |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki shartnomalarga qoʻshilish vaqtida shartnoma shartlari va xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilingan holda shartnomalarga doir qoʻshimcha shartlar qoʻyilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki shartnomalarga qoʻshilish vaqtida shartnoma shartlari va xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilingan holda shartnomalarga doir qoʻshimcha shartlar qoʻyilishi mumkin. |
Qoʻshimcha shartlar qanday qoʻyilgan boʻlsa, shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin. | Qoʻshimcha shartlar qanday qoʻyilgan boʻlsa, shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin. |
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI EʼLON QILISh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh | III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI EʼLON QILISh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh |
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish | 25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ularning autentik matnlari chet tillarda tuzilgan boʻlsa, davlat tilida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ularning autentik matnlari chet tillarda tuzilgan boʻlsa, davlat tilida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻplami Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari eʼlon qilinadigan rasmiy manbadir. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻplami Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari eʼlon qilinadigan rasmiy manbadir. |
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish | 26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. |
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI BAJARISh | IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI BAJARISh |
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etish | 27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qatʼiy va majburiy ravishda rioya etmogʻi lozim. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qatʼiy va majburiy ravishda rioya etmogʻi lozim. |
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish | 28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun masʼuliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun masʼuliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining oʻz majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining oʻz majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatish | 29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatish |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi. |
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlarini saqlash va depozitariy vazifalarini amalga oshirish | 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlarini saqlash va depozitariy vazifalarini amalga oshirish |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) saqlash uchun ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi, bu hujjatlarning nusxalarini esa ular kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) saqlash uchun ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi, bu hujjatlarning nusxalarini esa ular kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalarini saqlash tartibini tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalarini saqlash tartibini tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi. |
Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida saqlanadi, bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. | Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida saqlanadi, bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. |
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar depozitariysi vazifalarini, agar mazkur shartnomalarning shartlariga muvofiq bunday vazifa Oʻzbekiston Respublikasiga yuklatilgan boʻlsa, Tashqi ishlar vazirligi bajaradi. | Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar depozitariysi vazifalarini, agar mazkur shartnomalarning shartlariga muvofiq bunday vazifa Oʻzbekiston Respublikasiga yuklatilgan boʻlsa, Tashqi ishlar vazirligi bajaradi. |
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifasini bajaruvchi xorijiy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar yoki ularning bosh ijrochi mansabdor shaxslari bilan yozishmalar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladi. | Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifasini bajaruvchi xorijiy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar yoki ularning bosh ijrochi mansabdor shaxslari bilan yozishmalar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladi. |
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda qoʻllaniladigan choralar | 31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda qoʻllaniladigan choralar |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining majburiyatlarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadilar. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining majburiyatlarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadilar. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari jiddiy buzgan taqdirda, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bunday shartnoma ushbu Qonunning 38 — 43-moddalarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari jiddiy buzgan taqdirda, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bunday shartnoma ushbu Qonunning 38 — 43-moddalarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin. |
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ShARTNOMALARINING HAQIQIY EMASLIGI, ULARNI TOʻXTATISh, DENONSATSIYA QILISh VA AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh | V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ShARTNOMALARINING HAQIQIY EMASLIGI, ULARNI TOʻXTATISh, DENONSATSIYA QILISh VA AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh |
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining haqiqiy emasligi | 32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining haqiqiy emasligi |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin. |
33-modda. Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki undan chiqish | 33-modda. Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki undan chiqish |
Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki Oʻzbekiston Respublikasining undan chiqishi: | Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki Oʻzbekiston Respublikasining undan chiqishi: |
1) shartnoma qoidalariga muvofiq; | 1) shartnoma qoidalariga muvofiq; |
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. | 2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. |
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoidalari boʻlmagan shartnomadan chiqish | 34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoidalari boʻlmagan shartnomadan chiqish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni toʻxtatish toʻgʻrisida qoida boʻlmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan boʻlsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni toʻxtatish toʻgʻrisida qoida boʻlmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan boʻlsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: |
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida boʻlganlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa; | 1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida boʻlganlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa; |
2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan boʻlsa. | 2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan boʻlsa. |
Oʻzbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida oʻn ikki oy oldin xabar qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida oʻn ikki oy oldin xabar qiladi. |
35-modda. Xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatib turish | 35-modda. Xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatib turish |
Xalqaro shartnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan shartnomaning hamma ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan toʻxtatib turish: | Xalqaro shartnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan shartnomaning hamma ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan toʻxtatib turish: |
1) shartnoma qoidalariga muvofiq; | 1) shartnoma qoidalariga muvofiq; |
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi. | 2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi. |
36-modda. Keyingi shartnomaning tuzilishidan kelib chiqib xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatish yoki toʻxtatib turish | 36-modda. Keyingi shartnomaning tuzilishidan kelib chiqib xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatish yoki toʻxtatib turish |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala boʻyicha keyingi shartnomani tuzgan boʻlsalar va: | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala boʻyicha keyingi shartnomani tuzgan boʻlsalar va: |
1) ushbu masalaning keyingi shartnoma bilan tartibga solinishi shu shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa; | 1) ushbu masalaning keyingi shartnoma bilan tartibga solinishi shu shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa; |
2) Oʻzbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari oldingi shartnoma qoidalariga zid boʻlsa va ikkala shartnomani bir vaqtda qoʻllash mumkin boʻlmasa, bekor qilingan hisoblanadi. | 2) Oʻzbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari oldingi shartnoma qoidalariga zid boʻlsa va ikkala shartnomani bir vaqtda qoʻllash mumkin boʻlmasa, bekor qilingan hisoblanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishi faqat toʻxtatib turilgan hisoblanadi, agar uning ishtirokchilari shunday niyatda ekanliklari keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa. | Oʻzbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishi faqat toʻxtatib turilgan hisoblanadi, agar uning ishtirokchilari shunday niyatda ekanliklari keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa. |
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining buzilishi oqibatida uni toʻxtatish yoki toʻxtatib turish | 37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining buzilishi oqibatida uni toʻxtatish yoki toʻxtatib turish |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ushbu shartnoma ishtirokchilaridan birontasi tomonidan jiddiy buzilishi shartnomani butunlay yoki qisman amal qilishini toʻxtatish yoki toʻxtatib turish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga bu buzishni asos qilib koʻrsatish huquqini beradi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ushbu shartnoma ishtirokchilaridan birontasi tomonidan jiddiy buzilishi shartnomani butunlay yoki qisman amal qilishini toʻxtatish yoki toʻxtatib turish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga bu buzishni asos qilib koʻrsatish huquqini beradi. |
Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat: | Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat: |
1) xalqaro huquq normalarida zid tarzda shartnomadan voz kechish; | 1) xalqaro huquq normalarida zid tarzda shartnomadan voz kechish; |
2) shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qoidaning buzilishi. | 2) shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qoidaning buzilishi. |
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar | 38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar tegishli tarzda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilinishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritib, ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishga haqlidir. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar tegishli tarzda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilinishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritib, ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishga haqlidir. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar. |
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oliy Majlis tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish | 39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oliy Majlis tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan shartnomalar esa, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan shartnomalar esa, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilib, ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilib, ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining toʻxtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining toʻxtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi. |
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish | 40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan va ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni, shuningdek Hukumatning qaroriga asosan qoʻshilingan shartnomalarni toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan va ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni, shuningdek Hukumatning qaroriga asosan qoʻshilingan shartnomalarni toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi. |
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish | 41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish shartnomaning oʻzidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish shartnomaning oʻzidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnoma toʻxtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnoma toʻxtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi. |
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish | 42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish |
Idoralararo shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. | Idoralararo shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. |
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar | 43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar |
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi rasmiy axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi rasmiy axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1995-yil 22-dekabr, | 1995-yil 22-dekabr, |
172-I-son | 172-I-son |