Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2000-yil 2-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2000-yil 11-iyunda Tehron shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 20-iyul,
278-son