Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 21.12.1995 yildagi 167-I-son
Кучга кириш санаси
29.12.1995
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga mukammal oʻtishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1995-yil 21-dekabr, 167-I-son OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Davlat tili haqida (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrdagi 168-I-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq mazkur Qonunning 9 va 10-moddalari 2005-yilning 1-sentabridan eʼtiboran kuchga kiradi. 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. 2-modda. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning oʻz ona tilini qoʻllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi. (3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Tilning Qoraqalpogʻiston Respublikasida amal qilishiga bogʻliq masalalar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. (3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha ish yuritish va rasmiy hujjatlarni qabul qilish tili belgilanishi mumkin. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul) Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bogʻliq udumlarni ado etishda qoʻllanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar. 4-modda. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilini oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish taʼminlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini oʻqitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat koʻrsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat koʻrsatadigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish taʼminlanadi. (5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son) 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, oʻrta maxsus va oliy maʼlumot olishni taʼminlaydi. 7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda oʻzbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat oʻzbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini taʼminlaydi, shu jumladan unga hamma eʼtirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga taʼminlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalarining roziligi bilan oʻzbek tiliga joriy etiladi. (7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda) 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinadi. (8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi taʼminlanadi. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning oʻzlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining koʻpchiligi oʻzbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki oʻsha joydagi koʻpchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻrtasidagi iqtisodiy nizolarni koʻrib chiqish va hal qilishda davlat tili qoʻllaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham koʻrib chiqilishi mumkin. (11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga koʻra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat boʻlgan taqdirda — boshqa maqbul tilda beriladi. (12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) 13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi taʼminlanadi. 15-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, oʻz millatidan qatʼi nazar, oʻz ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy anʼanalarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. 16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 18-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga koʻra — boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamgʻalari, ish qogʻozlarining matnlari davlat tilida boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qoʻshma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamgʻalari, ish qogʻozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 20-modda. Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yoʻriqnomalar, etiketkalar bilan taʼminlanadi. 22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi. (22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-304-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda) 23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning oʻzida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 24-modda. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar. (24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son) |
Закон Республики Узбекистан О ВНЕСЕНИИ ИЗМЕНЕНИЙ И ДОПОЛНЕНИЙ В ЗАКОН «О ГОСУДАРСТВЕННОМ ЯЗЫКЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН» В целях совершения процесса последовательного внедрения государственного языка и обеспечения качественного перехода на узбекский алфавит, основанный на латинской графике, Олий Мажлис Республики Узбекистан постановляет: внести в Закон Республики Узбекистан от 21 октября 1989 года «О государственном языке Республики Узбекистан» (Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1989 г., № 26 — 28, ст. 453) изменения и дополнения, утвердив его новую редакцию (прилагается). Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 21 декабря 1995 г., № 167-I ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О ГОСУДАРСТВЕННОМ ЯЗЫКЕ (новая редакция) Статья 1. Государственным языком Республики Узбекистан является узбекский язык. Статья 2. Придание узбекскому языку статуса государственного не ущемляет конституционных прав наций и народностей, проживающих на территории республики, в употреблении родного языка. Статья 3. Правовые основы функционирования узбекского языка как государственного на территории Республики Узбекистан определяются настоящим Законом и другими законодательными актами. Вопросы, связанные с функционированием языка в Республике Каракалпакстан, определяются законодательством Республики Каракалпакстан. Настоящий Закон не регламентирует употребление языков в быту, в межличностном общении и при отправлении религиозных и культовых обрядов. Граждане имеют право по своему усмотрению выбирать язык межнационального общения. Статья 4. В Республике Узбекистан обеспечиваются условия всем гражданам для изучения государственного языка и уважительное отношение к языкам наций и народностей, проживающих на ее территории, создаются условия для развития этих языков. Обучение государственному языку граждан осуществляется бесплатно. Статья 5. В Республике Узбекистан обеспечивается создание дошкольных образовательных организаций, функционирующих на государственном языке, а в местах компактного проживания национальных групп — и на их языках. (статья 5 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2020 года № ЗРУ-653 — Национальная база данных законодательства, 04.12.2020 г., № 03/20/653/1592) Статья 6. Лицам, проживающим в Республике Узбекистан, предоставляется право свободного выбора языка обучения. Республика Узбекистан обеспечивает получение общего, профессионально-технического, среднего специального и высшего образования на государственном языке, а также на других языках. Статья 7. В сферах официального функционирования государственного языка соблюдаются действующие научные правила и нормы узбекского литературного языка. Государство обеспечивает обогащение и совершенствование узбекского языка, в том числе за счет введения в него общепризнанной научно-технической и общественно политической терминологии. Новые научно-обоснованные термины вводятся в узбекский язык после общественного обсуждения и с согласия соответствующих комитетов палат Олий Мажлиса. (часть третья статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 г., № 714-II — СЗ РУ, 2004 г., № 51, ст. 514) Статья 8. Законодательные акты Республики Узбекистан, другие документы органов государственной власти и управления принимаются и публикуются на государственном языке. Переводы этих документов публикуются и на других языках. Документы местных органов власти и управления принимаются и объявляются на государственном языке. В местах компактного проживания представителей отдельных национальностей документы местных органов власти и управления принимаются и объявляются на государственном языке республики и языке данной национальности. Статья 9. В органах государственной власти и управления работа ведется на государственном языке и по необходимости обеспечивается перевод на другие языки. Рабочими языками международных форумов, проводимых в Узбекистане, являются государственный язык, а также языки, избранные самими участниками. Статья 10. На предприятиях, в учреждениях, организациях и общественных объединениях делопроизводство, учетно-статистическая и финансовая документация ведутся на государственном языке, а в коллективах, где большинство работающих не владеет узбекским языком, наряду с государственным языком может осуществляться и на других языках. Статья 11. Судопроизводство ведется на государственном языке или на языке большинства населения данной местности. Участвующим в деле лицам, не владеющим языком, на котором ведется судопроизводство, обеспечивается право ознакомления с материалами дела, участия в судебном процессе через переводчика и право выступить в суде на родном языке. При рассмотрении и решении экономических споров между предприятиями, организациями и учреждениями используется государственный язык. Экономические споры могут быть рассмотрены при согласии сторон и на другом языке. (часть вторая статьи 11 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 сентября 2017 года № ЗРУ-446 — СЗ РУ, 2017 г., № 37, ст. 978) Статья 12. В Республике Узбекистан нотариальные действия осуществляются на государственном языке. По требованию граждан текст оформленного документа нотариусом или лицом, исполняющим нотариальные действия, выдается на русском языке или при наличии возможности — на другом приемлемом языке. (текст статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 сентября 2010 г. № ЗРУ-255 — СЗ РУ, 2010 г., № 37, ст. 313) Статья 13. Акты гражданского состояния, документы, удостоверяющие личность и ее права, оформляются на государственном языке, а при необходимости могут дублироваться на другом языке. Статья 14. Лицам, проживающим на территории Республики Узбекистан, обеспечивается право обращения в государственные организации и учреждения, общественные объединения с заявлениями, предложениями, жалобами на государственном и других языках. Статья 15. Лица, проживающие в Республике Узбекистан, независимо от их национальности, имеют право писать свое имя, отчество и фамилию в соответствии с национально-историческими традициями. Статья 16. Передачи телевидения и радио ведутся на государственном языке, а также на других языках. Статья 17. Издательская деятельность осуществляется на государственном языке, а с учетом потребностей — на других языках. Статья 18. Почтово-телеграфные отправления производятся на государственном языке или по желанию граждан — на другом языке. Статья 19. Тексты печатей, штампов, бланков учреждений, организаций и общественных объединений исполняются на государственном языке. Тексты печатей, штампов, бланков международных организаций и учреждений, совместных предприятий, расположенных на территории Республики Узбекистан, а также национально-культурных обществ и центров дублируются на государственном языке. Статья 20. Тексты вывесок, объявлений, ценников и другой наглядной, а также устной информации оформляются и объявляются на государственном языке и могут быть продублированы на других языках. Статья 21. Продукция, производимая предприятиями, обеспечивается ярлыками, инструкциями, этикетками на государственном и других языках. Статья 22. Наименования географических объектов воспроизводятся на государственном языке. (статья 22 в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2011 г. № ЗРУ-304 — СЗ РУ, 2011 г., № 41, ст. 449) Статья 23. Тексты международного договора Республики Узбекистан составляются на государственном языке и на языке договаривающейся стороны (сторон), если иное не предусмотрено в самом договоре. Статья 24. В Республике Узбекистан запрещается пренебрежительное или враждебное отношение к государственному или другим языкам. Лица, препятствующие осуществлению права граждан на свободный выбор языка в общении, воспитании и обучении, несут ответственность в соответствии с законодательством. Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1995 г., № 12, ст. 257; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2004 г., № 51, ст. 514; 2010 г., № 37, ст. 313; 2011 г., № 41, ст. 449; 2017 г., № 37, ст. 978; Национальная база данных законодательства, 04.12.2020 г., № 03/20/653/1592) |