OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“ChORVA MOLLARI, BINOLAR VA ASBOB-ANJOMLARNI TANLOV — KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTISh TARTIBI”NI BEKOR QILISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 24-mayda 136-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 96-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish tartibi” oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish tartibi” (1995-yil 20-aprel, roʻyxat raqami 136) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-may,
2/8-son
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-may,
20-26-01-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-may,
55-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-may,
01/23-18/13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 223-modda)