Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Buyrugʻi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 24-mayda 74-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorlariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 4-maydagi 33/374-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 1-iyulda 74-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1994-yil 13-iyundagi “Chet el pasportlarini roʻyxatdan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi yotoqxonalarida chet el fuqarolarini hisobga qoʻyish qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-may,
95-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 222-modda)