Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-may,
104-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
a) 1-ilovada:
19-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“gigiyena sertifikatining nusxasi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshi hisoblansin;
26-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi”;
b) 2-ilovada:
“TIF TN kodi” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“0301-:-0307* (0301 10, 0301 10 100, 0301 10 900 dan tashqari)”;
beshinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Sabzavotlar (urugʻlik materialdan tashqari) hamda eyiladigan baʼzi ildizmevalar va tugunak mevalar | “0701-:-0714* (0709 60 910, 0709 60 950dan tashqari)” |
“TIF TN kodi” ustunining sakkizinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1001-:-1008* (1008 30 000 dan tashqari)”;
“Nomi” ustunining oʻninchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qovurilmagan yoki biron-bir boshqa usulda tayyorlanmagan, archilgan yoki archilmagan, maydalangan yoki maydalanmagan eryongʻoq”;
“TIF TN kodi” ustunining oʻn ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1501 00-:-1517, 1518 00 910, 1521 90 910, 1521 90 990 (1501 00 110, 1502 00 100, 1503 00 110, 1503 00 300, 1507 10 100, 1507 90 100, 1508 10 100, 1508 90 100, 1511 10 100, 1511 90 910, 1512 19 100, 1512 29 100, 1513 11 100, 1513 19 300, 1513 29 300, 1514 11 100, 1514 19 100, 1514 91 100, 1514 99 100, 1515 19 100, 1515 21 100, 1515 29 100, 1515 50 110, 1515 50 910, 1515 90 210, 1515 90 310, 1515 90 400, 1515 90 600 dan tashqari)”;
“Nomi” ustunining yigirmanchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Savdo tarmogʻi orqali aholiga sotish uchun umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan oziq-ovqat, oshpazlik mahsulotlari va chala tayyor mahsulotlar”;
“TIF TN kodi” ustunining yigirma birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2401-:-2403*”;
“TIF TN kodi” ustunining yigirma ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2501 00 100, 2501 00 911, 2501 00 919”;
yigirma uchinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Kvars, marmar, granit, shagʻal, sement, asbest | “2506 10 000, 2508 10 000, 2509 00 000*, 2512 00 000, 2515, 2516, 2517 10 100, 2517 10 200, 2520*, 2523-:-2524 00*, 2526 20 000” |
“TIF TN kodi” ustunining yigirma toʻrtinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2701-:-2703; 2705 00 000; 2707; 2710-:-2712; 2714 10 000; 2715 00 000; 2716 00 000*”;
yigirma yettinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Farmatsevtika mahsuloti (bezlar hamda odam va hayvon organizmidan olingan va transplantatsiya uchun moʻljallangan organlardan tashqari) | “3001-:-3006 (3002 90 100, 3002 90 300, 3002 90 500, 3002 90 900, 3006 50 000, 3006 80 000 dan tashqari)” |
oʻttiz ikkinchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
oʻttiz uchinchi pozitsiya — qirq oltinchi pozitsiyalar tegishli ravishda oʻttiz ikkinchi — qirq beshinchi pozitsiyalar deb hisoblansin;
“TIF TN kodi” ustunining oʻttiz beshinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3917-:-3923 30 909*, 3923 50, 3924 10 000”;
“TIF TN kodi” ustunining oʻttiz oltinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4009, 4011*, 4013, 4014, 4015 11 000”;
“TIF TN kodi” ustunining qirq birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5201, 5203 00 000, 5208-:-5212*”;
quyidagi mazmundagi qirq oltinchi pozitsiya qoʻshilsin:
| “Joylashtirish qoplari va paketlari (faqat oziq-ovqat mahsulotlari uchun) (isteʼmolda boʻlganlardan tashqari) | 6305” |
“TIF TN kodi” ustunining qirq toʻqqizinchi pozitsiyasidan “6914*” raqamlari chiqarib tashlansin;
“TIF TN kodi” ustunining elliginchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7007, 7008*, 7010, 7013*, 7017”;
“TIF TN kodi” ustunining ellik birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7309 00-:-7310*, 7311 00*, 7321*, 7323*, 7324 10 900-:-7324 29 000*, 7324 21 000* (7323 10 000, 7323 93 900, 7323 94 900, 7323 99 910,7323 99 990dan tashqari)”;
“TIF TN kodi” ustunining ellik uchinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7615-7615 20 000* (7615 11 000 dan tashqari)”;
ellik beshinchi va ellik oltinchi pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Bugʻ qozonlari, ichki yonish dvigatellari, turboreaktiv gidroturbinalar, kuch qurilmalari, suyuqlik va havo nasoslari, kompressorlar, ventilyatorlar va tortuvchi shkaflar, haroratni bir xilda saqlash qurilmalari, isitish goryelkalari, sanoat yoki laboratoriya pechlari va kameralari, sovutgichlar va muzlatgichlar, sterilizatorlar, distillyatorlar tsentrifugalar, idish-tovoq yuvish mashinalari (foydalanilgan hamda dengiz kemalari va fuqaro aviatsiyasida foydalanilayotganlari bundan mustasno), tovarlarni tortish uchun jihozlar, koʻtarish tallari va yuk koʻtargichlar, har xil tipdagi yuk koʻtarish kranlari, avtoyuklagichlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari yuklarini bir joydan boshqa joyga olib borish mashinalari va qurilmalari, avtomobil yoʻli texnikasi, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va ovqat tayyorlash uchun qurilmalar va apparatlar, toʻqimachilik dastgohlari, nusxa koʻchirish-koʻpaytirish mashinalari, savdo avtomatlari | “8402-:-8402 20 000, 8403-:- 8403 10 900, 8405-:-840510 000, 8407, 8413-:-841382 00, 8414-:-8414 80 900, 8415-:-8415 83 900, 8416-:-8416 30 000, 8417-:-8417 80 800, 8418-:-8418 69, 8419-:-8419 89, 8421-:-8421 39, 8422-:-8422 40 000, 8423-:-8424 89, 8425-:-8430 69 000, 8432-:-8432 80 000, 8433-:-8433 60 900, 8434-:-8434 20 000, 8435-:-8435 10 900, 8436-:-8436 80 990, 8437-:-8437 80 000, 8438-:-8438 80 990, 8439-:-8439 30 000*, 8440-:-8440 10 900*, 8444-:-8447 90 000*, 8450-:-8450 20 000, 8452-:-8452 29 000, 8471-:-8471 41, 8472 10 000, 8476-:-8476 89 000, 8481” |
| “Elektr mashinalari va jihozlari; dvigatellar (fuqaro aviatsiyasi uchun dvigatellar bundan mustasno) va oʻzgaruvchan tok generatorlari, akkumulyatorlar, sanoat pechlari va kameralari, maishiy elektr texnikasi, elektr suv isitgichlar; televizion tasvir va ovozni yozish va koʻrsatish apparatlari, elektron lampalar va trubkalar, choʻgʻlanma lampalar (12 Wdan ortiq), izolatsiyalangan simlar, izolatsiyalovchi armatura; telekommunikatsiyalarning texnik vositalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari jihozlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan chetki (terminal) asbob-uskunalar, shuningdek texnik (apparat-dasturiy) vositalar ham shu jumlaga kiradi. | “8501-:-8502 40 900, 8504-:-8504 50 900, 8507-:-8507 80 990, 8508-:-8508 80 900, 8509-:-8509 30 000, 8514-:-8514 40 000, 8515-:-8515 80 990, 8516-:-8516 80 990, 8517-:-8517 80 900, 8518 21 900, 8518 22 900, 8518 29 800, 8519-:-8519 40 000, 8521-:-8521 90 000, 8525-:-8525 30 900, 8526-:-8528 30 900, 8530-:-8530 80 000, 8531-:-8531 10 800, 8535-:-8537 20 990, 8536 61*, 8539-:-8539 49 300, 8540-:-8540 89 900, 8544-:-8544 70 000*, 8546-:-8547 90 000”. |
| | |
ellik sakkizinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Optik pretsizion, tibbiy yoki jarrohlik instrumentlari va apparatlari (ehtiyot qismlar, sarflash va nazorat qilish materiallaridan tashqari); oʻlchash va nazorat qilish priborlari. | “9001 10, 9008 10 000, 9009 11 000, 9009 12 000, 9009 21 000, 9015-:-9015 80 900, 9016 00-:-9016 00 100, 9017 30, 9018-:-9020, 9022-:-9022 90 900, 9024-:-9024 80 990, 9025-:-9025 80 990, 9026-:-9026 80 990, 9027-:-9027 90 900, 9028-:-9028 30 900, 9029-:-9029 20 900, 9030-:- 9030 89 990, 9031-:-9031 80 990, 9032-:-9032 89 900”. |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 214-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda, 19-son, 161-modda)