Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 21.05.2007 yildagi PQ-640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 01.01.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2010 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA XIZMAT KOʻRSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlansinki, “Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish natijasida 2006-yilda aholiga koʻrsatilgan pulli xizmatlar hajmi 19,3 foiz oʻsdi, respublikada ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 39,5 foizi xizmat koʻrsatish sohasiga toʻgʻri keldi, bu esa dasturda belgilangan prognoz koʻrsatkichlaridan ancha koʻp. Xizmatlarning zamonaviy, ilgʻor turlari — telekommunikatsiya xizmatlari, uyali telefon aloqasi, moliya-bank xizmatlari va sugʻurta, sayyohlik-ekskursiya va boshqalar jadal surʼatda rivojlanmoqda. 2006-yilda xizmatlar koʻrsatish sohasida 137 mingga yaqin yangi ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda mavjud salohiyat hamda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini jadal surʼatda rivojlantirish imkoniyatlari hali toʻliq ishga solingani yoʻq. Mamlakat hududlari boʻyicha olganda aholiga xizmat koʻrsatish darajasi va sifatida sezilarli farq bor. Qishloq aholisiga xizmatlar koʻrsatish tizimi ham oʻsib borayotgan talablarga javob bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari koʻrsatish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va aholi, birinchi navbatda, qishloq joylarida bandlik masalasini hal etishda xizmatlar koʻrsatish sohasining rolini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining 2006-yilda xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirishga doir amalda erishilgan koʻrsatkichlarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning asosiy parametrlari va tadbirlariga oʻzgartish va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2007—2010-yillarda xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirishning yangilangan asosiy parametrlari, 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2010-yillarda respublika hududlarida xizmatlarning asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlari, 2—11-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning mavjud ehtiyojni hisobga olib aniqlashtirilgan va toʻldirilgan asosiy yoʻnalishlari va tadbirlari, 12-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda 2007—2010-yillar uchun tuzatilgan asosiy yoʻnalishlar va tadbirlarni hisobga olib, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bankining 2007—2010-yillarda xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning hajmini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va “Mikrokreditbank” tijorat banki mablagʻlari hisobidan oshirish toʻgʻrisidagi taklifi 13-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan kredit resurslari xizmat koʻrsatish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslarini olishda qishloq joylarida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ustuvor huquq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qishloq joylarida telekommunikatsiya operatorlari uskunalariga asoslangan va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan axborot-servis infratuzilmasini yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan aloqa va axborotlashtirish tizimining telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar uchun olinadigan davlat bojlari hajmi qisqartirilsin va 14-ilovaga** muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borsin va uning ijrosi natijalarini chorak, yarim yillik va yillik yakuniy majlislarda koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturning amalga oshirilishi natijalarini chuqur va tanqidiy tahlil qilish asosida har yili uning asosiy parametrlari va tadbirlariga keyingi yil uchun xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning ulushini oshirishga qaratilgan tuzatishlar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilikka muvofiq, kichik biznes subyektlariga xizmatlar koʻrsatish va servis sohasida keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan soliq imtiyozlariga amal qilish muddati 2012-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son qarorining 7-bandida koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari sanatoriylar, axborot-resurs markazlari, bolalar sogʻlomlashtirish muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlariga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2007-yilning 1-yanvaridan statistika ishlari amaliyotiga xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan faoliyat turlari boʻyicha Yangi Umumdavlat xizmatlar tasniflagichi joriy etilgani eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hududiy iqtisodiyot hamda statistika organlari bilan birgalikda hisobga olish va hisobdorlikni tashkil etishni takomillashtirish, statistika hisobotlarida kichik biznes subyektlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmini aks ettirgan holda, tasdiqlangan tasniflovchiga muvofiq xizmatlarni hisobga olishning statistika standartlariga qatʼiy amal qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1—3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-640-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 213-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda,52-son, 515-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda)