Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLATLARARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yil 31 oktabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1998 — 2005-yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim maʼqullansin.
2. Bosh vazir (U. Sultonov), Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari (B. Hamidov), Bosh vazirning oʻrinbosarlari (V. Atayev, X. Karamatov, R. Yunusov), Tashqi ishlar vaziri (A. Komilov) Oʻzbekiston Respublikasining mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
207-son