08.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 15-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-mayda 15-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorlariga asosan hamda Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 4-apreldagi 24/8-1273-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 19-yanvarda 15-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining transport vositalarida harakatlanish tartibi va Xalqaro avtomobil yoʻllarida yoʻl-patrul xizmatini tashkil qilish boʻyicha Yoʻriqnoma” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 208-modda)