Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI IJRO ETUVChI TUZILMASIGA QISMAN OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Matbuot kotibi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 1-ilovasining “Bosh vazir Kotibiyati” grafasidagi “7” raqami “8” raqamiga oʻzgartirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlarining shtat jadvalini mazkur Qarorga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-mart,
PQ-296-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 3-son, 139-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)