Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024 05.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1678
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
Hujjat 15.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FOYDALI MODELGA, SANOAT NAMUNASIGA HAMDA DORI VOSITASI YOKI PESTITSIDGA TAALLUQLI IXTIROGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARI”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-mayda 1678-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktorining
2007-yil 3-apreldagi 25-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil 19-son, 143-modda) muvofiq foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb yuritiladi) topshirilgan sanadan eʼtiboran ixtiro patenti yigirma yil, sanoat namunasi patenti oʻn yil, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishi tegishincha uch va besh yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻllanilishi uchun belgilangan tartibda vakolatli organdan ruxsatnoma olinishi lozim boʻlgan dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiro patentining (keyingi oʻrinlarda ixtiro patenti deb yuritiladi) amal qilishi ixtiroga talabnoma berish sanasidan boshlab mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanaga qadar hisoblanadigan muddatga uzaytiriladi. Bunda ixtiro patentning amal qilishining uzaytiriladigan muddati besh yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Patent idorasiga patentning amal qilishi tugagunga qadar soʻnggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Patent idorasiga patentning amal qilishi davomida mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanadan olti oy oʻtguniga qadar yoki patentni berish sanasidan, mazkur muddatlarning qaysi biri kechroq tugashiga bogʻliq holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining, ixtiro patentining (keyingi oʻrinlarda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarda keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentlangan ixtiro formulasida tavsiflangan mahsulot bilan identifikatsiyalashga imkon beradigan mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va vakolatli organdan ushbu mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanani ichiga olgan rasmiy hujjatning tasdiqlangan nusxasi (rasmiy hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Patent idorasiga bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1—11-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qoidalarning 7—10-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Patent idorasining rasmiy byulletenida eʼlon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvli “Patentga ilova” yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Patent idorasi patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
‎700047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy.

‎‎______________________________________
(F.I.Sh., yoki

______________________________________‎‎‎
yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil _______________________________‎
‎Telefon ______________________________


ILTIMOSNOMA

‎‎ — sanoat namunasi
‎— foydali model
‎‎№ _____________ raqamli patentining amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman.
‎‎Patentning amal qilishi ____________________________ da tugaydi (tugagan).

(kun, oy, yil)‎

‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin)
‎‎ — patentning amal qilishini uzaytirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
‎ — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
‎
— ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.


‎‎‎Patent egasi


‎‎_______________________________

(lavozimi, F.I.Sh., imzo)

Sana ___________

(M.Oʻ.)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
‎700047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy.

‎‎______________________________________
(F.I.Sh., yoki

______________________________________‎‎‎
yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil _______________________________‎
‎Telefon ______________________________


ILTIMOSNOMA

‎‎Ixtiro formulasining ________ mustaqil bandida tavsiflangan
‎‎ — dori vositasiga
‎— pestitsidga
‎‎taalluqli ixtiroga № _______ raqamli patentining amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman.
‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin)
‎‎ — Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalarining 10-bandida nazarda tutilgan rasmiy hujjatning tasdiqlangan nusxasi;
‎ — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
‎
— ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.


‎‎‎Patent egasi


‎‎_______________________________

(lavozimi, F.I.Sh., imzo)

Sana ___________

(M.Oʻ.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 203-modda; 2011-y., 40-son, 422-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)