Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Jumhuriyati Hukumati oʻrtasida 2000-yil 16-oktabrdagi Toshkent shahrida imzolangan harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Koʻrsatib oʻtilgan bitimdagi Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish Mudofaa vaziri Q.Gʻ. Gʻulomov va Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 3-noyabr,
431-son