Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-may,
PF-3876-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi xatboshidagi “Qurbanov D. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Qurbanov D. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-son qarori 2-ilovasidagi:
a) oʻn birinchi xatboshi quyidagi ikki xatboshi koʻrinishidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mamadaliyev R.M. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
Badalov S.S. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”;
b) oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishli ravishda oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqottan hujjatlari roʻyxati
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni ilovasining 6-bandi.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF-3800-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-martdagi PQ-296-sonli qarorining 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-324-sonli qarori ilovasining 2-bandi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PQ-369-sonli qarorining 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)