30.08.1995 yildagi 116-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ShON-ShARAF” ORDENINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Shon-sharaf” ordeni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Shon-sharaf” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I va II darajali “Shon-sharaf” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-I-son

“Shon-sharaf” ordeni toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda koʻrsatgan fidoyilik va mardlik uchun, Oʻzbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustasno hollarda “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Shon-sharaf” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I darajali “Shon-sharaf” ordeni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II darajali “Shon-sharaf” ordeni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida uch yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Shon-sharaf” ordeni va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi, shunga vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining yigirma karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II darajali yoki II va I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Shon-sharaf” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Shon-sharaf” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I darajali “Shon-sharaf” ordenining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifi

I darajali “Shon-sharaf” ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan kumush hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida kumush rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli kumush rang “I” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda kumush rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.

Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan eni 5 millimetrli och yashil rangli yoʻl, keyin esa eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr.

Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.

II darajali “Shon-sharaf” ordenining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II darajali “Shon-sharaf” ordeni kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan zarhal hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida zarhal rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli zarhal rang “II” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda zarhal rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan biri-biridan eni 1 millimetrli oq yoʻl bilan ajralib turadigan eni 2 millimetrli ikkita och yashil rangli yoʻl oʻtgan. Keyin esa ikki tomondan eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 191-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )