Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MATBUOT QOʻMITASI RAISINING OʻRINBOSARI LAVOZIMINI QISQARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 18-yanvardagi 39-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining soni bittaga qisqartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul,
340-son