Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.12.1997 yildagi 548-son
Кучга кириш санаси
11.12.1997
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.12.1997 sanasi holatiga | Hujjat 18.10.2021 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
RESPUBLIKADA SAVDO TUShUMI INKASSATSIYA qilishini va NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShni tubdan yaxshilash ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA | RESPUBLIKADA SAVDO TUShUMI INKASSATSIYA qilishini va NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShni tubdan yaxshilash ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA |
Aholidan naqd pul mablagʻlarini qabul qilishni va hisobga olishni yanada yaxshilash, soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq yigʻilishini hamda ularning budjetga tushushini taʼminlash, shuningdek, pul muomalasini mustahkamlash va banklarning pul tushumini inkassatsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Aholidan naqd pul mablagʻlarini qabul qilishni va hisobga olishni yanada yaxshilash, soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq yigʻilishini hamda ularning budjetga tushushini taʼminlash, shuningdek, pul muomalasini mustahkamlash va banklarning pul tushumini inkassatsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Belgilab qoʻyilsinki: mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi va oylik ish haqining respublikada belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha kunlik tushumga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar naqd pulni Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali har kuni topshirishga majburdirlar. Koʻrsatib oʻtilgan miqdordan kam kunlik tushumga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga topshirishga majburdirlar; oylik ish haqining respublikada belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha kunlik tushumga ega boʻlgan korxonalarga aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qilish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar inkassatsiyaning tegishli xizmati bilan tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina beriladi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda yashovchi aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi korxonalarning savdo tushumini inkassatsiya qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarini kamaytirish uchun qayta koʻrib chiqsin. 3. Respublikaning tijorat banklariga aholi bilan hisob-kitob qiluvchi korxonalardan naqd pul mablagʻlarining bank kassalariga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish tavsiya etilsin. Tushum ular tomonidan kechiktirib topshirilgan va toʻliq topshirilmagan hollarda tegishli chora koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga, pul-kredit siyosati komissiyalariga xabar qilsinlar. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tijorat banklari bilan birgalikda tushumdan ajratiladigan naqd pul mablagʻlarini xarajat qilishning belgilangan cheklangan meʼyorlariga, kassa qoldigʻi limitlariga rioya qilinishi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kunlik tushumga ega boʻlgan tashkilotlar va korxonalar boʻyicha tovarlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar ustidan nazoratni kuchaytirsin. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: aholi bilan hisob-kitob qilishda kassa cheklarida xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari tegishli korxonalar tomonidan ogʻishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar; | 1. Belgilansinki, naqd pul tushumiga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Koʻrsatilgan hajmdan kam boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tushumdan ajratiladigan naqd pul mablagʻlarini xarajat qilishning belgilangan cheklangan meʼyorlariga, kassa qoldigʻi limitlariga rioya qilinishi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kunlik tushumga ega boʻlgan tashkilotlar va korxonalar boʻyicha tovarlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar ustidan nazoratni kuchaytirsin. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi: aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan ogʻishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar; |
korxonalarda oʻrnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun tavsiya etiladigan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kirmagan nazorat-kassa mashinalarining foydalanish muddati 1998-yil 31-dekabrda tugashi munosabati bilan ularni ushbu reyestrga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari bilan toʻliq almashtirishning aniq tadbirlarini va jadvallarini ishlab chiqsinlar. 1999-yil 1-yanvardan boshlab nazorat-kassa mashinalarini oʻz vaqtida almashtirishni taʼminlamagan korxonalar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻysinlar. | korxonalarda oʻrnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun tavsiya etiladigan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kirmagan nazorat-kassa mashinalarining foydalanish muddati 1998-yil 31-dekabrda tugashi munosabati bilan ularni ushbu reyestrga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari bilan toʻliq almashtirishning aniq tadbirlarini va jadvallarini ishlab chiqsinlar. 1999-yil 1-yanvardan boshlab nazorat-kassa mashinalarini oʻz vaqtida almashtirishni taʼminlamagan korxonalar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻysinlar. |
6. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga pul-kredit siyosati boʻyicha hududiy komissiyalarga, tumanlar, shaharlar hokimliklari va mahalliy soliq organlariga kassa intizomining buzilishi, tushumni kechiktirib topshirish va topshirmaslik hollari hamda yuridik shaxslar oʻrtasida naqd mablagʻlar bilan oʻzaro hisob-kitob qilinishi boʻyicha tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllash majburiyatini yuklasinlar. | |
7. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobillarni, ularning kimga qarashliligidan qatʼi nazar, hisoblagichlar-taksometrlar bilan taʼminlash va ularni qoʻllash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar. | 7. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobillarni, ularning kimga qarashliligidan qatʼi nazar, hisoblagichlar-taksometrlar bilan taʼminlash va ularni qoʻllash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar. |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. |
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin. | 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1997-yil 11-dekabr, | 1997-yil 11-dekabr, |
548-son | 548-son |