Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ROSSIYA FEDERATSIYASIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASI XODIMLARINING MEHNATIGA HAQ TOʻLASH SHARTLARI TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mehnat vazirligining 1993-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi xodimlarining 1993-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra lavozim maoshlarini belgilangan ish haqi miqdoridan 1,5 baravar oshirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
Bundan buyon Elchixona xodimlarining ish haqi Rossiya Federatsiyasi hududida belgilanadigan eng kam ish haqi miqdorining oʻzgarishiga qarab foiz nisbatida oʻzgartiriladi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-may,
242-son