Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLARGA AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va Davlat budjetining asosiy koʻrsatkichlari prognozi toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qaroriga 14-1-ilovani qisman oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 15-iyuldan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlarga aksiz stavkalarining quyidagi miqdorlari belgilansin (aksiz soligʻini hisobga olgan holda sotish narxlari boʻyicha tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda);
| konyak | — 65 |
| spirtsiz vino | — 50 |
| spirtli vino | — 40 |
| shampan vinosi | — 45 |
| balzam | — 40 |
| respublika korxonalari (“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalaridan tashqari) tomonidan ishlab chiqariladigan oziq-ovqat spirti | — 40 |
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari uchun spirtga aksiz soligʻi stavkasi 10 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalaridan tashqari respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan spirt boʻyicha toʻlangan aksiz soligʻi summasi ular ishlab chiqargan alkogolli mahsulotlar tannarxiga qoʻshilishi nazarda tutilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi alkogolli mahsulotlarga aksiz soliqlari toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-iyul,
357-son