Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003 29.07.1997 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003
Hujjat 04.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING AYRIM TURLARINI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd etadiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari, “Oʻzbeksavdo” Davlat aksionerlik uyushmasi, “Oʻzbekbirlashuv” soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratning susaytirilganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslar oziq-ovqat mahsulotlarini muvofiqlik va sifat sertifikatlari boʻlmagan holda, belgilanmagan joylarda va jihozlanmagan savdo nutqlarida amaldagi sanitariya normalari va savdo qoidalariga rioya etmasdan sotishi faktlari hamon mavjuddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishni, savdo-sotiqning zarur sanitariya shartlariga rioya etilishini taʼminlash, aholi sogʻligʻiga zarar yetkazish hollarining oldini olish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari savdosini tashkil etishda tegishli tartib oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-sentabrdagi 378-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish chogʻida ularga Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining 1997-yil 23-apreldagi 1318/1218-son qarorining savdo korxonalari va tashkilotlari uchun 20 foizgacha miqdorda rentabellikning eng yuqori darajasi boʻyicha cheklashlarni joriy etish qismidagi shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shu shartlarga rioya etilmagan taqdirda tovar olib qoʻyiladi, uning sotuvchilariga nisbatan esa amaldagi qonunlarga muvofiq qatʼiy maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorning 1 va 2-bandlari bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1-bandda koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari turgʻun savdo nuqtalaridan tashqarida, shuningdek amaldagi savdo qoidalarini buzib sotilayotgan hollarda ana shu mahsulotlar savdosini toʻxtatib, aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllansin, hatto mahsulotlarni olib qoʻyib keyinchalik ularni qonunlarda belgilangan tartibda musodara qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari musodara etilgan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli sud organlarining qarorlari asosida 10 kun muddatda baholanishi hamda maxsus doʻkonlar orqali sotishga yuborilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Usmonov va Davlat soliq qoʻmitasi (V.Beganov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son