Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INDONEZIYA RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 23-iyundagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jakarta shahrida Indoneziya Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Elchixona xodimlari soni 6 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 4 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-dekabrdagi 438-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-iyun,
322-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-dekabrdagi 438-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)