Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Finlyandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1996-yil 9-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari K.R.Raximov va tashqi ishlar vaziri A.X.Komilovga Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-avgust,
403-son