Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1996-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Maldiv Respublikasi Hukumati oʻrtasida oʻzlarining tegishli hududlariaro va hududlaridan tashqarida havo qatnovlari toʻgʻrisidagi Bitim;
1996-yil 11-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bahrayn Davlati Hukumati oʻrtasida havo qatnovlari toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Q.R. Rahimov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-iyul,
365-son