Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT HAMDA JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-martda maʼqullangan
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, №6, 261-modda, № 12, 656-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 186-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“186-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 1861-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini koʻp miqdorda yoki juda koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) quyidagi mazmundagi 1862-modda bilan toʻldirilsin:
“1862-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, №5-6, 153-modda, №7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda) 345-moddasining ikkinchi qismi “1861” raqamidan keyin “1862” raqami bilan toʻldirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
OʻRQ-93-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)