Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UN VA NONNING ChAKANA NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi 547-son “Un va nonning chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga keltirilayotgan donning narxi oshganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 20-sentabridan boshlab unning bir kilogrammi uchun oʻrta hisobda 60 soʻm va nonning bir kilogrammi uchun oʻrta hisobda 50 soʻm miqdorda chegaralangan chakana narxlar belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi un va nonning yangi chakana narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-son qarori 1-ilovasining un va non narxlariga taalluqli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 17-sentabr,
463-son