Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675
Кучга кириш санаси
24.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018
Hujjat 24.04.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-aprelda 1675-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72 va 288-V-5-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1675-5, 13.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 3-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 71-sonli va 266-V-sonli (2005-yil 11-avgust, roʻyxat raqami 1508-son — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 32-33-son, 262-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahrirda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan ushbu kreditlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga muddatlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun gʻalla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan boʻnak tariqasida yetkazib berilgan urugʻlik qiymatini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar paxta xomashyosi qiymatining 10 foizigacha, 1-apreliga qadar 25 foizgacha, 1-iyulga qadar 50 foizgacha va 1-sentabrga qadar 60 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar gʻalla qiymatining 35 foizgacha, 1-aprelga qadar 50 foizgacha va 1-iyunga qadar 60 foizgacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit miqdori qishloq xoʻjaligi korxonasining “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi xarid narxlari asos qilib olinadi. Yangi xarid narxlari tasdiqlangach, kredit miqdori kredit oluvchining talabiga koʻra qayta hisoblab chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni toʻlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTPlar, muqobil MTPlar va qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan boshqa xoʻjalik subyektlarining xizmatlari uchun toʻlovlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan texnika vositalarining lizing toʻlovlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari) xizmatlari uchun toʻlovlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi toʻlovlariga (muddati oʻtgan yer soligʻi. Muddatli yer soligʻi toʻlovlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda toʻlanadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjaliklarning boshqa zaruriy ehtiyojlari, shu jumladan, sugʻurta mukofoti uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori yuzasidan tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tavsiya etilayotgan xarajatlarning agrotexnika meʼyorlari qishloq xoʻjaligi korxonalariga biznes-reja (ilovaga muvofiq) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonasining biror bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda, kredit resurslarini ayrim maqsadlarga sarflashdan voz kechish huquqiga ega (mineral oʻgʻit, kimyoviy yoki biologik vositalar va urugʻlik material xarajatlari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ishlatilmagan kredit resurslari qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq gʻalla va paxta yetishtirish bilan bogʻliq boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashga ishlatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kreditlar tegishli qishloq xoʻjalik mahsuloti boʻyicha qishloq xoʻjalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 12 oydan va paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 18 oydan koʻp boʻlmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit qishloq xoʻjaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kreditlar berishda tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditga boʻlgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitor-kreditor qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kreditlar qaytishini taʼminlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi korxonalariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishi mumkin. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasining imtiyozli kreditlarning qaytmasligi xavfini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta badallari hajmi olinayotgan kredit summasining 0,75 foizi miqdorida boʻladi va tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bunda, “Oʻzagrosugʻurta” DASK tomonidan sugʻurta polisi kredit shartnomasida belgilangan kreditning butun qaytarish muddatiga beriladi. “Oʻzagrosugʻurta” DASK bilan kelishilgan sugʻurta puli taqdim etilayotgan kredit miqdoridan koʻp boʻlmasligi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari yaxshi moliyaviy holatga ega boʻlgan, oldin olgan kreditlarini doimo oʻz vaqtida qaytarib kelgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mazkur kreditlarni ularni qaytmaslik xatarini sugʻurtalamagan holda, yaʼni “Oʻzagrosugʻurta” DASK sugʻurta polisini olmagan holda berish huquqiga egalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlov korxonalari tijorat banklari tomonidan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun berilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarning qarzdor qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan muddatida qaytarilishi borasida kafillik berishlari mumkin. Kafillik qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, bank qishloq xoʻjaligi korxonasining arizasini koʻrib chiqishi va 3 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kreditlash, monitoring va kreditni soʻndirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qishloq xoʻjaligi korxonasiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik korxonalarining ssuda hisobvaragʻidan toʻlovlar ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) qishloq xoʻjalik korxonalarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga joriy yil hosili uchun yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun 2-kartotekaga kirim qilingan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan akseptlangan toʻlov talabnomalariga muvofiq toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov talabnomalari qarz oluvchi tomonidan akseptlanmagan taqdirda, toʻlovlar sud qarori asosida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Qishloqxoʻjalik-kimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va MTP (mashina-traktor parklari) tuman korxonalari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda fermer xoʻjaligining joriy va kelgusi oyda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlariga qilinadigan xarajatlar qiymati miqdorida (oʻgʻitlash, shudgorlash) oldindan toʻlovni amalga oshirish belgilangan taqdirda fermer xoʻjaliklari ushbu xarajatlar summasini toʻlov topshiriqnomalari orqali oldindan toʻlovlarni oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bunda, toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oylik ish haqi toʻlovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan meʼyorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjalik korxonalarining mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTP larining xizmatlari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, foydalanilgan elektroenergiya va urugʻlik materiali qiymati uchun toʻlovlarda, mablagʻlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ filiallari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTP lari, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari hamda tayyorlov korxonalarining maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari), boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hamda ehtiyot qismlar uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklar toʻlovlarning ssuda hisobvaragʻidan mazkur Nizomning 5 va 6-bandlardagi maqsadlar uchun amalga oshirilishini nazorat qiladi. Shuningdek, banklar “Oʻzagrosugʻurta” DASK bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha gʻalla va paxta ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, ekin maydonlarini begona oʻtlar bosib ketishi natijasida kutiladigan hosil olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda bank va “Oʻzagrosugʻurta” DASKning hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari (Fermer xoʻjaliklari uyushmasining vakilligi) birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadilar. Ushbu dalolatnoma asosida bank kreditlashni toʻxtatadi va kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari tomonidan ushbu dalolatnoma xizmat koʻrsatuvchi tarmoq korxonalariga yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kreditlar va unga hisoblangan foizlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining maxsus 23210 (23220) hisob raqamlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda bank tomonidan memorial ordyerlar bilan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor — qishloq xoʻjaligi korxonasining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banklari sugʻurta polisi asosida “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tovoni, tijorat banklari va “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlari oʻrtasida tuzilgan Bosh polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarda tayyorlov korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilgan moddiy boyliklar qiymati va avvalgi yillar qarzlarini chegirib qolishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblar va kreditor qarzlarni undirish ajratilgan bank kreditlari toʻliq qaytarilgach, qishloq xoʻjalik korxonasining hisob raqamidan oʻrnatilgan tartibda toʻlov hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha yilning iyul oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qishloq xoʻjaligi korxonalari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi xizmat koʻrsatuvchi bank rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan tekshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi Sh. NURMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi (yangi tahrirdagi) nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qishloq xoʻjalik korxonasi nomi) ning davlat ehtiyojlari uchun paxta va gʻalla ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIZNES REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(ming soʻmda)

Qishloq xoʻjaligi
‎mahsulotlarining
‎turlari‎‏
Toʻliq
‎ tannarxi‎‏
Shu jumladan
ish haqi‎ mineral
‎oʻgʻit va
‎ kimyoviy
‎vositalar‎
urugʻlik‎ yoqilgʻi‎ texnika
‎xizmatlari‎
elektr
‎energiyasi‎
boshqa
‎xarajatlar‎
A 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Paxta‎‎
Gʻalla‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olinadigan moliyaviy natija
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ming soʻmda)‎‎

Qishloq xoʻjaligi
‎mahsulotlarining
‎turlari‎
Ekin
‎maydoni,
‎gektari‎
Hosildorlik,
‎ts/ga‎
Ishlab
‎chiqariladigan
‎mahsulot
‎miqdori, tonna‎
Ishlab
‎chiqariladigan
‎mahsulotning
‎toʻliq ‎tannarxi
Olinadigan
‎daromad‎
Moliyaviy
‎natija
‎(foyda +, zarar –)‎
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Paxta‎
Gʻalla‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yil davomida olish mumkin boʻlgan kredit miqdorining hisob-kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ming soʻmda)‎‎

Qishloq
‎xoʻjaligi
‎mahsulotlarining turlari‎‏‏
Jami xarajatlar‎‏‏ Shu
‎jumladan
Kredit ajratilishi‎‎
oʻz mablagʻi‎‏‎‏
kredit‎‏‎‏
yanvar fevral mart‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu
‎jumladan‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu
‎jumladan‎‎
jami xarajatlar shu
‎jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9 10‎ 11‎ 12‎
Paxta‎
Gʻalla‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aprel‎‎ may‎‎ iyun‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
‎13 ‎14 ‎15 ‎16 ‎17 ‎18 ‎19 ‎20 ‎21
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iyul‎‎ avgust sentyabr
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
‎22 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oktyabr‎‎ noyabr dekabr‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
31‎ 32‎ 33‎ 34‎ 35‎ 36‎ 37‎ 38‎ 39‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Kredit soʻndirilishi

Jami‎ iyul‎ avgust‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎
41‎ 42‎ 43‎ 44‎ 45‎ 46‎
‎‎
‎Xoʻjalik rahbari: imzo oʻrni

‎Muhr oʻrni‎

‎‎‎Xoʻjalik bosh hisobchisi: imzo oʻrni
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda; 2011-y., 14-son, 145-modda; 2015-y., 7-son, 85-modda, 39-son, 515-modda; 2016-y., 33-son, 399-modda)