Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.06.2001 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.01.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001/2002 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlash, abituriyentlarga test sinovlaridan oʻtishda qulayliklar yaratish hamda oliy taʼlim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2001/2002 oʻquv yilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 49500, shu jumladan 19800 davlat grantlari va 29700 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 4200, shu jumladan 1400 davlat grantlari va 2800 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2001/2002 oʻquv yilida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan 3 yillik oliy malakali hamshiralar tayyorlash boʻlimlariga umumiy qabul kvotalari 200, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha 100 va toʻlov-kontrakt asosida 100 kvota belgilanib, ular respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalari boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2001/2002 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda oʻzlariga qarashli taʼlim muassasalarida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim shakllari va tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarni bir hafta muddatda Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini oliy maʼlumotli oʻqituvchilar va pedagog-muhandislar bilan taʼminlash maqsadida 2001/2002 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, shuningdek Urganch, Qoraqalpoq, Andijon, Samarqand va Fargʻona davlat universitetlari tarkibida oʻrta maxsus maʼlumotga va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega boʻlgan pedagog kadrlarni davlat grantlari asosida test sinovlari orqali qabul qilish va bakalavriatda oʻqitish uchun maxsus sirtqi boʻlimlar ochilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu toifadagi pedagog kadrlarga oliy maʼlumot berish uchun bakalavr darajasiga moʻljallangan uch yillik oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi va taʼlimning blokli tizimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 10 kun muddatda qayd etilgan oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlariga qabul kvotalari yuzasidan, ularning moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, hukumatning tegishli qarori loyihasini tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda pedagogika va kasbiy-pedagogik tayyorgarlik yoʻnalishlari boʻyicha uch yillik dasturlar asosida sirtqi boʻlimlarda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Davlat taʼlim standartlari talablari asosida uch yillik oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashayotgan va Toshkent shahri hamda viloyat markazlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan abituriyentlarni 10-iyuldan 10-avgustgacha boʻlgan muddatda, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasiga taqdim etiladigan tasdiqlovchi hujjatlar asosida, tegishli manzilga bir marotaba borib kelishi uchun bepul temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini abituriyentlarning soni va yoʻnalishlar haqidagi tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat komissiyasiga, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomlar ilovalariga hamda test sinovlari natijalaridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida, qabul koʻrsatkichlariga zarur boʻlgan oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlashdan tushgan mablagʻlari, ulardan moddiy-texnika bazani mustahkamlash, oʻquv jarayonini oʻqitishning yangi vositalari bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun maqsadli foydalanilgan taqdirda, istisno tariqasida, soliqlardan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan 2015-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001/2002 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda oliy malakali hamshiralar tayyorlash uchun belgilangan qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000/2001 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2000-yil 8-iyundagi 222-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 534-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)