Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati KENGAShINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING OChIQ YaLPI MAJLISLARIDA DIPLOMATIK KORPUS VAKILLARINING IShTIROK ETIShI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ochiq yalpi majlislarida hozir boʻlishi mumkin, Senat Kengashi va qoʻmitalari majlislari bundan mustasno.
2. Diplomatik korpus vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida ishtirok etishi masalasi har galgi yalpi majlisdan uch kun oldin koʻrib chiqiladi.
3. Diplomatik korpus vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ochiq yalpi majlislarida ishtirok etishi bilan bogʻliq tashkiliy va protokol masalalarini hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-iyun,
53–I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 7-son, 258-modda)