Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toʻqimachilik sohasining iqtisodiy nochor korxonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–330-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, tanlov asosida investorlar tomonidan sotib olingan yoki boshqaruvga qabul qilingan iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarining faoliyat yuritishini taʼminlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan toʻqimachilik korxonalari mulkini oldi-sotdi yoki ishonchli boshqaruvga topshirish bitimlarini amalga oshirishda:
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
bitim qatnashchilari korxona mol-mulkini oldi-sotdi qilish yoki korxonalarni ishonchli boshqaruvga topshirish shartnomalarini, shuningdek, mazkur bitimlar bajarilishini taʼminlaydigan garov va ipoteka shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va notarial tasdiqlash uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan sotib olingan mulk negizida yangitdan barpo etiladigan yoki ishonchli boshqaruvga topshirilgan toʻqimachilik korxonalariga quyidagilar:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi “Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ-456-sonli qarori bilan belgilangan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan paxta tolasini tashqi savdo kompaniyalari orqali chet el valyutasiga xarid qilish mexanizmi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi “Respublika toʻqimachilik tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 38-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
3. “Toshkent Toʻytepa Tekstil” MChJning mulki tanlov natijasida “Srentex Industrues” (Hindiston) kompaniyasi oʻziga qarashli “Spenteks Toshkent Toʻytepa” MChJ tomonidan 81,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi summaga sotib olingani, oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganida toʻlanadigan birinchi toʻlov miqdori 20,25 mln. AQSh dollariga teng boʻlishi, qolgan qismi keyingi toʻrt yil mobaynida toʻlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri,
2006-yil 21-sentabr,
PQ-474-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 9-son, 532-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda)