Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“MAʼMURIY QAMOQQA OLINGAN ShAXSLARNI SAQLASh XARAJATLARINI UNDIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
“Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 1995-yil 1-iyundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar 1995-yilning 1-iyunidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1960-yil 29-dekabrdagi “Maʼmuriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1960-yil, № 30, 2-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 1961-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Maʼmuriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1961-yil, № 36, 20-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1964-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Maʼmuriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi 1960-yil 29-dekabr Farmonining 1-moddasiga qisman oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1964-yil, № 34, 2-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1966-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Maʼmuriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 11, 7-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
69-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 117-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 24-modda)