Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 15.04.2005 yildagi PQ-57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 29.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAQD PUL MUOMALASINI TAKOMILLAShTIRISh VA BANKDAN TAShQARI AYLANMANI QISQARTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, naqd pul muomalasini erkinlashtirish boʻyicha keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, eng avvalo, kassa rejalari bekor qilinishi, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida ularga naqd pullar monesiz berilishi, naqd pullarni inkassatsiya qilishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi bank kassalariga naqd pul tushumining ancha koʻpayishiga, pul tizimi mustahkamlanishiga va toʻlov intizomi mustahkamalanishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ish haqi va boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul muomalasi mexanizmlarini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bankdan tashqari aylanishini keskin qisqartirish, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy va boshqa toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar hisobiga boʻsh naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini tubdan qisqartirish va ularni banklarga jalb etish mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek barcha bank muassasalari faoliyatining muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul tushumi toʻliq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari soʻzsiz qoʻllanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi jamgʻarmalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari oʻrtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq bank krediti berish, birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga isteʼmol krediti, shuningdek uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berishning yangi shakllarini faol rivojlantirish va koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda savdo-sotiqni keng rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari tizimini yaratish, shu jumladan qishloq joylarda shahar doʻkonlari va supermarketlari filiallari tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning aylanma kapitalini shakllantirish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infratuzilmasi institutlarini, birinchi galda, sugʻurta va lizing xizmatlari koʻrsatadigan, aholining boʻsh mablagʻlarini safarbar etadigan korxonalarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan bankdan tashqari aylanmani tubdan qisqartirish va naqd pul massasini bank operatsiyalariga jalb etish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar roʻyxati ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PQ–193-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi har oy oʻz majlislarida respublika mintaqalaridagi pul muomalasining holatiga oid masalalarni koʻrib chiqsin hamda ularning natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot va aniq takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika inkassatsiya birlashmasi, Davlat soliq qoʻmitasi va tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmatlari faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorlari qatʼiy ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul tushumini inkassatsiya qilishda qabul qilingan sxema aniq va soʻzsiz bajarilishi, eng avvalo respublika mintaqalarida savdo tushumini inkassatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablagʻlarining bank kassalariga oʻz vaqtida kelib tushishi va ularning muomalaga chiqarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya qilingan naqd pul tushumining hajmlari amalda vujudga keladigan chakana savdo va pulli xizmat hajmlariga mos kelishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi, pul tushumining bank kassalariga toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, uy-joy kommunal sohasi, aloqa, yoʻlovchi transporti xizmatlar hamda boshqa turdagi pulli xizmatlarni tashkil qilishni takomillashtirish va rivojlantirish hisobiga naqd pul mablagʻlari kelib tushadigan qoʻshimcha manbalarni aniqlash borasidagi tizimli ishlarni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 145-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)