Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
TOShKENT ShAHRINING AKMAL IKROMOV TUMANI NOMINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining Akmal Ikromov tumani nomini Uchtepa deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-may,
39–I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 5-son, 171-modda)