Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING 125-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 22-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-martda maʼqullangan
2007-yil 22-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar) 125-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
eng kam ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.
2-modda. Ushbu Qonun 2007-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
OʻRQ-86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 135-modda)