Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA KODEKSINING 49-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
2006-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 49-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:
ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;
soxta nikoh tuzilganda, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirganda;
nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
OʻRQ-84-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 133-modda)