02.11.2004 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “AYOLLAR VA BOLALAR SOGʻLIGINI MUSTAHKAMLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, tugʻuruqqa koʻmaklashuvchi muassasalar, gematologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Ayollar va bolalar sogʻligini mustahkamlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berilishini maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning umumiy qiymati 70,0 mln AQSH dollari miqdorida belgilanganligi va uni moliyalashtirishda tomonlarning ishtiroki sxemasi, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq moliyalashtirish rejasiga muvofiq qaytariladigan 40,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarzi kelishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida mamlakatning 6 tajriba mintaqasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari) onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini, shuningdek gematologiya markazlari va qon quyish stansiyalarini milliy darajada takomillashtirish nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davrida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi loyiha amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, u boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi imzolangan qarz bitimi taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda u boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sogʻlom avlod, ayollar sogʻligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (R.S. Azimov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy muvofiqlashtirish, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha asosiy tadbirlarni, shuningdek loyihaning yillik budjetini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha amalga oshirilishi va uning mablagʻlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ustidan muntazam nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish uchun baholash va tender komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki bilan tuzilgan qarz bitimi shartlariga muvofiq bitim imzolangandan keyin bir hafta muddatda Osiyo taraqqiyot bankining koʻrsatib oʻtilgan loyihasini va Jahon bankining “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma byuro tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki loyihasini amalga oshirish qismi boʻyicha byuroning taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib Osiyo taraqqiyot banki loyihasi mablagʻlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik-iqtisodiy hisoblari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari huzurida xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida ikki kishidan iborat loyihani amalga oshirish boʻyicha hududiy byuro tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida jihozlar xarid qilish boshlangunga qadar tuman markaziy kasalxonalarining bolalar va tugʻuruq boʻlimlari (komplekslari)ni hamda viloyat tugʻuruq komplekslarini taʼmirlash-qurish ishlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari loyiha doirasida jihozlar xarid qilish boshlangunga qadar qon quyish stansiyalarini taʼmirlash-qurish ishlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-son