OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARINING ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1242-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1853, 09.09.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksportni ragʻbatlantirish, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 2-maydagi 4, EG-01/12-1745, 01-02/8-29 va 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatida (2003-yil 21-may, roʻyxat raqami 1242 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son) 392321000 TIF TN kodi qatoridagi “Tovar nomi”ga “(aseptik qoplardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
15-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
EG-01/19-1254-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
01-02/8-8-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
32-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 125-modda)