Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
TIJORAT BANKLARIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh VA ULARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-martda 1648-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-yanvardagi 1/8-sonli ““Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1648-7, 27.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2006-yil 27-dekabr, roʻyxat raqami 1648 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
8/5-son
Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
1. 9-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bogʻliq lizing xizmati koʻrsatilishi mumkin.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 123-modda)