Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON TASVIRIY SANʼAT GALEREYASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbek xalqining rang-tasvir asarlarini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish hamda tasviriy sanʼat asarlarining keng koʻrgazma faoliyati vositasida jamoatchilikni mamlakatimizning boy madaniyati va tasviriy sanʼat asarlari bilan tanishtirish ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtirilganligi va qurilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining balansida turadi, bank undan joriy foydalanadi va uni boshqaradi;
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi taʼminotining xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi taʼminoti boʻyicha xarajatlari daromad (foyda) va ekologiya soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Galereyaning koʻrgazma faoliyatidan tushadigan daromadlar, shuningdek sanʼatni rivojlantirish uchun yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga oʻtkazadigan homiylik mablagʻlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi va toʻliq miqdorda Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va A.A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-sentabr,
425-son