Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHRIDA BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI DUBAY AMIRLIGI HUKUMATINING VAKOLATXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasi va rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib hamda Birlashgan Arab Amirliklari Dubay amirligi Hukumatining murojaatini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Dubay amirligi Hukumatining diplomatik maqomga ega boʻlgan vakolatxonasi ochilishiga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Dubay amirligi Hukumatining vakolatxonasi va vakolatxona xodimlari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur vakolatxonaga foydalanish uchun tegishli bino tanlashda zarur yordam koʻrsatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Safoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
408-son