Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ–601-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi ijro etuvchi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentiga yangi kiritilgan shuʼba mudiri lavozimiga Yagona tarif setkasi boʻyicha 18-razryadli ish haqi belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ–358-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-mart,
PQ-607-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-martdagi PQ–607-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 115-modda; 2008-y., 20-21-son, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)