Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ–601-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentiga yangi kiritilgan shuʼba mudiri lavozimiga Yagona tarif setkasi boʻyicha 18-razryadli ish haqi belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ–358-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-mart,
PQ-607-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 115-modda; 2008-y., 20-21-son, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)