Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ANDIJON VA NAMANGAN VILOYATLARIDA QORADARYONING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONASINI VA SOHILBOʻYI POLOSASINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Qoradaryoning suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon va Namangan viloyatlari hududida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi polosasining umumiy maydoni 1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilarga biriktirilgan tumanlar boʻyicha tegishli ravishda 7540,7 ga va 1213,1 ga etib tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari:
Qoradaryoning sohilboʻyi polosasidagi 1165,5 ga maydondagi yerlarni oʻrmon melioratsiyasi va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, 2-ilovaga* muvofiq suv xoʻjaligi obyektlari egallab turgan yerlardan tashqari, belgilangan tartibda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilardan olsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga doimiy egalik qilish uchun bersinlar;
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, ekologiya jihatidan potensial xavfli obyektlarni 2006-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan, suv xoʻjaligidan tashqari barcha obyektlarni sohil boʻyi polosasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini daraxtzorlar barpo etish uchun ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-aprel,
178-son