Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“TABIATNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI VA “ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINING QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1978-yil 26-iyuldagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oʻrmon toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978-yil, № 22, 371-modda):
1. 4, 17, 27, 54, 60 va 86-moddalardagi “qoʻriqxona deb eʼlon qilingan oʻrmonlardan”, “qoʻriqxona deb eʼlon qilingan oʻrmonlarda”, “qoʻriqxona oʻrmonlari”, “qoʻriqxona oʻrmonlarda” “milliy va tabiiy parklar”, “milliy va tabiiy parklarda”, “tabiiy yodgorliklar”, “tabiat yodgorliklarida” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari”, “davlat milliy tabiat bogʻlari”, “davlat tabiat yodgorliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-modda:
ikkinchi qismidagi “shuningdek davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va buning uchun maxsus vakil qilingan boshqa davlat organlari SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmonlarning holati, ulardan foydalanish, ularni uzluksiz koʻpaytirish, muhofaza qilish va qoʻriqlash ustidan idoraviy nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar”.
3. 10 va 52-moddalarning birinchi qismlaridagi “davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari”, “davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, tashkilotlari, muassasalariga” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. III bobning nomidagi, 11 va 12-moddalarning nomi va matnidagi “jamoat tashkilotlari”, “jamoat tashkilotlarining” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “jamoat birlashmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 16 va 121-moddalarning nomi va matnidagi “kontrollik”, “kontrol” degan soʻzlar “idoraviy nazorat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 54-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qoʻriqxona deb eʼlon qilingan oʻrmonlarda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 97-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“97-modda. Davlat qoʻriqxonalrining oʻrmonlarida oʻrmondan foydalanishni cheklash
Davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlarida faqat yongʻinga qarshi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida daraxt kesishga yoʻl qoʻyiladi”.
8. 98-modda chiqarib tashlansin.
9. 133-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“133-modda. Oʻrmonlarning holati va ularni uzluksiz koʻpaytirishga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, tugatish va oʻzgartirish
Oʻrmonlarning holati va ularni uzluksiz koʻpaytirishga zararli taʼsir etgan yoki bunday taʼsir etish xavfli tugʻilgan taqdirda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqa obyektlarning faoliyati cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir etish sabablarini bartaraf qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda esa — tugatilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 316-modda):
1. 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolati boʻlgan davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolati boʻlgan davlat organi hisoblanadi”.
2. IV bobning nomidagi, 14, 15 va 17-moddalarning nomi va matnidagi “jamoat tashkilotlari”, “jamoat tashkilotlarining” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “jamoat birlashmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 31 va 68-moddalardagi “Davlat, kooperativ va boshqa jamoat korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga”, “davlat, kooperativ va boshqa jamoat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 45-moddaning 6-bandidagi, 53 va 54-moddalarning nomi va matnidagi “qoʻriqxonalar”, “qoʻriqxonalarning”, “qoʻriqxonalarda” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “davlat qoʻriqxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 69-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlar
Hayvonot dunyosining muhofaza qilinishi va undan foydalanish ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilib qoʻyiladigan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1994-yil 23-sentabrdagi 2019-XII-sonli qaroriga muvofiq, 1995-yil 1-yanvardan boshlab 1976-yil 25-noyabrdagi OʻzSSR “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Kodeksi oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli, III-boʻlim ham oʻz kuchini yoʻqotdi — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 253-modda)
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1981-yil 29-mayda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 314-modda):
1. IV bobning nomidagi, 10 va 12-moddalarning nomi va matnidagi “jamoat tashkilotlari”, “jamoat tashkilotlarining” degan soʻzlar tegishli kelishikda turlangan “jamoat birlashmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 22-modda “yotqizib qoʻyishga” degan soʻzlardan keyin “yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1082-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 158-modda; 10-son, 253-modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1997-y., 2-son, 53-modda; 1998-y., 1-son, 15-modda; 1999-y., 5-son, 123-modda)