19.03.2007 yildagi PF-3864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.03.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSTAHKAMLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yoʻnaltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam taʼminlangan oilalarni zarur moddiy yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, bolali ehtiyojmand oilalarga, ikki yoshgacha boʻlgan farzandi tarbiyasi bilan band ishlamayotgan onalarga nafaqa hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qatʼiy amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan moddiy yordamning aniq yoʻnaltirilishini taʼminlash, uni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish, boqimandalikka yoʻl qoʻymaslik, oilalar daromadi va mol-mulkini har tomonlama hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tumanlar hokimliklari nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilish ustidan qatʼiy nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2007-yilning 1-sentabridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjetidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va toʻlash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 baravarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muruvvat” bolalar internat-uylari tarbiyachilari, oʻquv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalari ish haqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun ish meʼyorini 15—18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan holda stavkalarni tarif setkasi boʻyicha bir razryadga koʻtarish hisobidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish fondi miqdori mehnatga haq toʻlash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2007-yilning 1-iyulidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush va mehnat faxriylari sanatoriylari xodimlarining tarif stavkalariga 15 foiz miqdorida qoʻshimcha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda nogiron-oʻquvchilarning bepul ovqatlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlari, shuningdek, nogiron bolalarni uyda oʻqitayotgan pedagoglar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida oylik yoʻl haqi kompensatsiyasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamgʻarmalari, tadbirkorlik tuzilmalari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali ehtiyojmand oilalarga har tomonlama qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Ijtimoiy himoya yili deb eʼlon qilingan 2007-yilda xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar daromad soligʻidan toʻliq ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida 28 ta “Mehribonlik” uyi, shuningdek, 86 ta sanatoriy tipidagi hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni kapital taʼmirlash, jihozlash, ular uchun mikroavtobuslar sotib olish maqsadida davlat budjetidan qoʻshimcha 8,2 milliard soʻm yoʻnaltirish koʻzda tutilganligi eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” hamda “Saxovat” internat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarini kapital taʼmirlash, jihozlash, ularning taʼminotini yanada yaxshilash boʻyicha joriy yilda ushbu maqsadlarga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha 5,2 milliard soʻm yoʻnaltirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3864-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 105-modda; 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)