Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.12.2004 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAPONIYA HUKUMATINING BEGʻARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand—Gʻuzor—Termiz avtomobil yoʻlini saqlash va taʼmirlash” loyihasini amalga oshirish doirasida yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan berilayotgan 976 mln. Yaponiya yeni miqdoridagi begʻaraz yordamni jalb etish hamda undan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M.Gʻaniyev Ayirboshlash notasini Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan berilayotgan begʻaraz yordamni oluvchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda begʻaraz yordam doirasida olinadigan zarur yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarning aniq roʻyxatini Yaponiya tomoni bilan ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kelib tushayotgan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarning saqlanishini hamda qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlarni olish va ularga xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplam, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatish — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Yaponiya hukumatining koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordami hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan asbob-uskunalar, avtomashinalar, texnikalar, mexanizmlar hamda ularni yetkazib berish uchun zarur boʻlgan xizmatlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Yaponiya hukumatining begʻaraz yordami hisobiga kelib tushayotgan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalardan daromad (foyda) soligʻi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan loyihaning xorijiy qatnashchilarini davlat boji undirmasdan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son