Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISHGA KOʻMAKLASHISH” LOYIHASINI GERMANIYA HUKUMATINING IMTIYOZLI KREDITIDAN FOYDALANGAN HOLDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KFW)ning imtiyozli kredit mablagʻlarining samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KFW) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 40 yil muddat bilan, 0,75 yillik foiz stavkasi boʻyicha 7669 ming yevro miqdorida imtiyozli kredit va 1023 ming yevro miqdorida grant berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi koʻrsatib oʻtilgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan qarz oluvchi etib;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agent etib belgilansin;
kredit boʻyicha asosiy qarzni, vositachilik haqini, foizlarni va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻi hisobiga qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish loyihasining, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;
koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirishga jalb etiladigan Germaniya taraqqiyot banki (KFW) kreditini qaytarish va kredit boʻyicha foizlarni toʻlash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida tuziladigan import kontraktlar ekspertizasi oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishning taʼminlanishi uchun javobgarlik yuklansin.
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha zarur hujjatlarni va iqtisodiy asoslashlarni, shu jumladan, asbob-uskunalar xarid qilish hamda xizmatlar koʻrsatishga tender hujjatlarini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan mazkur loyiha doirasida Germaniya taraqqiyot banki (KFW) kredit mablagʻlari va granti hisobiga sotib olinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan asbob-uskunalar, oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va texnik vositalar bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin, bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlovisiz taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Qosimov va E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-dekabr,
563-son