Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “USTAV SARMOYASIDA DAVLAT ULUShI 50 FOIZDAN ORTIQ BOʻLGAN TIJORAT BANKLARI KENGAShLARI RAISLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 11 IYuLDAGI 265-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarorining 1-bandida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Musayev D.O. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Rahimov S.B. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-oktabr,
229-son